locale OZ

Liam Delap “Chelsi”ga o'tishga yaqin turibdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liam Delap “Chelsi”ga o'tishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Ipsvich” klubi hujumchisi Liam Delap faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Delap u bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan boshqa jamoalarga rad javobini bergan.

Qayd etilishicha, klub va futbolchi o'rtasida shaxsiy kelishuvga erishgan. “Chelsi” Delap uchun 30 million funt sterling tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.

Avvalroq hujumchiga “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Liam Delap joriy mavsum 40 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting