Noyabr oyida shaxmat olamida bizni qanday musobaqalar kutmoqda?
Noyabr oyida shaxmat olamida bizni qanday musobaqalar kutmoqda?
10–20-noyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapeshtda Total Chess World Championship Tour musobaqasi o‘tkaziladi. Unda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen va boshqa yetakchi grossmeysterlar bilan raqobatlashadi.
Yilning eng katta voqeasi esa Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘ladi. 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi jahon shaxmat toji uchun kurash olib boradi.
25-noyabrdan 4-dekabrgacha Londonda an’anaviy London Chess Classic turniri ham o‘tkaziladi. Bu nufuzli musobaqada Nodirbek Abdusattorovning ishtiroki kutilmoqda.
Oy yakunida esa shaxmat ixlosmandlarining e’tibori Toshkentga qaratiladi. 27-noyabrdan 7-dekabrgacha Prezident kubogi musobaqasi o‘tkaziladi.
Siz qaysi musobaqani eng ko‘p kutyapsiz?