locale OZ

Shaxmat. Humoyun Begmuratov Jahon chempioni bo'ldi

Bu — O‘zbekiston shaxmati uchun yana bir ulkan yutuq va yosh grossmeysterimizning xalqaro maydondagi navbatdagi tarixiy g‘alabasi.
Boshqa sport turlari
Shaxmat. Humoyun Begmuratov Jahon chempioni bo'ldi
photo: gettyimages

O‘zbekistonlik grossmeyster Humoyun Begmuratov 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Rapid bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ain shahrida o‘tkazilayotgan FIDE World Junior Rapid Chess Championships U20 musobaqasida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi!

Bu — O‘zbekiston shaxmati uchun yana bir ulkan yutuq va yosh grossmeysterimizning xalqaro maydondagi navbatdagi tarixiy g‘alabasi.

Humoyun Begmuratovni ushbu ajoyib natija bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting