locale OZ

«Arsenal»ning APLda chempion bo‘lish imkoniyati 68 foizdan oshdi

Opta superkompyuteri chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
Futbol
«Arsenal»ning APLda chempion bo‘lish imkoniyati 68 foizdan oshdi
Фото: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining to‘qqizinchi turidagi deyarli barcha uchrashuvlar yakunlandi. Tur natijalaridan so‘ng Opta superkompyuteri chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarning imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida Londonning «Arsenal» klubi ko‘rilmoqda. «Liverpul» ustidan safarda 1:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin «kanonirlar»ning chempion bo‘lish ehtimoli 68,2 foizga yetdi.

Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» joylashgan. Enzo Mareska shogirdlarining chempionlik imkoniyati 18,9 foizga baholangan. Kuchli uchlikni esa 6,9 foizlik ko‘rsatkich bilan «Brayton» yakunlab turibdi.

Kuchli beshlikdan, shuningdek, «Liverpul» (3,1 foiz) va Londonning «Chelsi» (1,4 foiz) klublari ham o‘rin olgan.

Ayni paytda «Arsenal» 24 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchisi uch ochkoga ortda qolgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting