Umida Omonova Jahon chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi
Al Ain shahrida o‘tkazilgan FIDE World Junior Rapid Chess Championships U20 musobaqasida Umida 9 tur yakuniga ko‘ra 6,5 ochko jamg‘arib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
photo: Chess Uzbekistan
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi Umida Omonova 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Rapid bo‘yicha Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ain shahrida o‘tkazilgan FIDE World Junior Rapid Chess Championships U20 musobaqasida Umida 9 tur yakuniga ko‘ra 6,5 ochko jamg‘arib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Umidani ushbu ajoyib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.