locale OZ

Devid Moyes: «Biz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik»

«Everton» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Devid Moyes: «Biz g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatdik»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
02.11.2026, Yak.
Nyukasl
0
Everton
1

Angliya Premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda «Everton» safarda «Nyukasl»ni mag‘lub etdi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Devid Moyes qo‘lga kiritilgan g‘alabani adolatli natija deb hisoblamoqda.

«So‘nggi vaqtlarda “Nyukasl“ga qarshi bir nechta juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik va munosib natijalarga erishdik. Menimcha, bu safargi g‘alabamizga ham to‘liq munosib edik.

Biz raqibdan yaxshiroq ko‘rindik va yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi. Yakunda vaziyatni nazorat ostiga olib, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldik», — deya Moyesning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Everton» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting