APL. «Everton» mehmonda «Nyukasl»dan ustun keldi
Angliya Premer-ligasi 9-turining so‘nggi bellashuvida «Nyukasl» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qildi. Unda «irislar» minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 49-daqiqada Barri hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Devid Moyes jamoasi ochkolari sonini 13 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Nyukasl» esa 11 ochko bilan 13-pog‘onada.
APL. 9-tur
Nyukasl — Everton 0:1
Gol: Barri 49.
Nyukasl – Gornichek, Holl, Sher, Niko Gonsales, Osula, Bern, Dedich (Ture, 87), Barns, Uillok (Vissa, 64), Joelinton (Remsi, 75), Elanga (Merfi, 76).
Everton – Pikford, O'Brayn, Tarkovski, Brentuayt (Kin, 82), Mikolenko, Garner, Armstrong, Dyuzberri-Holl, Rohl, Jorj, Barri (Jonson, 80).
Ogohlantirishlar: Bern 32, Remsi 90+7 — Jorj 52, Moyes 73.