Kerrik va Kunya o‘rtasida janjal yuz berdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik va hujumchi Mateus Kunya o‘rtasida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Komo»ga (1:4) qarshi kechgan o‘yin tanaffusida keskin janjal yuz berdi. Bu haqda «qizil iblislar» to‘g‘risidagi yangiliklarni yorituvchi Sully xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, angliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining o‘yinidan norozi bo‘lgan va ular kiyinish xonasida bir-biriga keskin gaplar aytgan. Kunya tanaffus paytida zaxiraga olinganidan qattiq g‘azablangan va buni bosh murabbiyga ochiq bildirgan.
Shuningdek, o‘yin yakunlanganidan keyin ham jamoadagi muhit o‘ta keskin bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
27 yoshli futbolchi 2025 yil yozidan buyon «Manchester Yunayted» safida to‘p tepmoqda. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.