locale OZ

Konte «MYu»ni boshqarish uchun o‘z shartini ma’lum qildi

Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Konte «MYu»ni boshqarish uchun o‘z shartini ma’lum qildi
Фото Getty Images

Italiyalik murabbiy Antonio Konte vakillari «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan aloqalarni qayta tikladi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Konte «qizil iblislar» safida zudlik bilan ish boshlashga tayyor. U o‘tgan mavsum yakunida «Napoli»ni tark etganidan buyon ishsiz qolmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassis mavsum o‘rtasida ham ish boshlashga rozi. Konte so‘nggi intervyusida katta tarixga ega va avvalgi darajasiga qaytishni istagan klubni boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.

Biroq italiyalik murabbiy tayinlangan taqdirda, qishki transfer oynasida jamoani uch nafar yangi futbolchi bilan kuchaytirishni talab qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, «qizil iblislar» bu mavsum APLning 6 ta uchrashuvida atigi 6 ochko jamg‘ardi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting