locale OZ

«G‘alabadan juda xursandmiz» — Bernardu Silva «Real» safidagi ilk goli haqida

Madridliklar futbolchisi «Leypsig» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaning o‘yini va maqsadlari haqida gapirdi.
Futbol
«G‘alabadan juda xursandmiz» — Bernardu Silva «Real» safidagi ilk goli haqida
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
21.10.2026, Yak.
Real Madrid
4
Leypsig
1

«G‘alabadan juda xursandmiz» — Bernardu Silva «Real» safidagi ilk goli haqida

Madridliklar futbolchisi «Leypsig» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaning o‘yini va maqsadlari haqida gapirdi.

«Real» yarimhimoyachisi Bernardu Silva Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Leypsig» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi. Portugaliyalik futbolchi klub safidagi ilk golini urganidan xursand ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

«G‘alabadan juda xursandmiz, ayniqsa, klub safidagi ilk golimni urganimdan baxtiyorman. Ikkinchi bo‘limda ancha samarali o‘ynadik va bahsni yaxshiroq nazorat qildik. Birinchi bo‘limda esa ba’zan Tibo Kurtuani yetarlicha himoyasiz qoldirdik.

Endi mumkin bo‘lgan to‘qqiz ochkodan to‘qqiztasini qo‘lga kiritdik. Jamoa o‘sishda davom etmoqda va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiryapti. Mavsumning so‘nggi uch oyida sovrinlar uchun kurashishimiz uchun har bir bahsda g‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Bunday klubda har bir futbolchidan aynan shu talab qilinadi», — dedi Silva.

Ma’lumot uchun, «Real» «Leypsig»ga qarshi bahsda birinchi bo‘limning 44-daqiqasida Bernardu Silva tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni ochdi. Keyinchalik Arda Guler va Kilian Mbappe ham gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki uchta turida uchta g‘alabaga erishib, to‘qqiz ochko jamg‘ardi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting