locale OZ

Keyn: «Durang adolatli natija deb hisoblayman»

Garri o‘yinda penaltini aniq amalga oshirdi.
Futbol
Keyn: «Durang adolatli natija deb hisoblayman»
Фото: Getty Images
Chempionlar ligasi
21.10.2026, Yak.
Bavariya
2
Arsenal
2

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi uchrashuv (2:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida angliyalik hujumchi penaltini aniq amalga oshirdi.

«Menimcha, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘lim boshida gol urib, yana bitta to‘p kiritish orqali uchrashuv taqdirini uzil-kesil hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimizda.

O‘yinning oxirlariga kelib, past himoya chizig‘ida harakatlanishga majbur bo‘ldik. To‘pni o‘z yarim maydonimizdan olib chiqish biz uchun qiyin kechdi.

Umuman olganda, yanada samaraliroq harakat qilishimiz mumkin edi. Biroq durang adolatli natija bo‘ldi, deb hisoblayman. Bu ochkoni qabul qilamiz va oldinga harakatlanamiz», — dedi Keyn DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting