Mak Allister «Liverpul» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga tayyor
Aleksis 2023-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister klubda uzoq yillar davomida qolishga tayyor. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, hozircha «Liverpul» rahbariyati argentinalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2028-yilning iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.
Mak Allister 2023-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.
Argentinalik yarim himoyachi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta sariq kartochka oldi.