locale OZ

Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilindi

G‘olib 4 nafar futbolchi orasidan tanlanadi.
Futbol
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilindi
Фото: Getty Images

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan keyin haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) xabar berdi.

Ushbu nominatsiyada to‘rt nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi: Fil Foden («Manchester Siti»), Niko Pas («Como»), Skott Maktominay («Napoli») va Rio Ngumoa («Liverpul»).

- Foden AEKka qarshi bahsda (5:1) xet-trik qayd etdi.

- Maktominay «Budyo-Glimt» bilan uchrashuvda (4:3) ikkita gol urdi.

- Pas «Manchester Yunayted» darvozasiga (4:1) ikkita to‘p kiritdi.

- Ngumoa esa «Vilyarreal»ga qarshi bahsda (4:3) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting