Gimaraes: «Nyukasl»ni tark etish men uchun juda og‘ir bo‘ldi
Braziliyalik futbolchi sobiq jamoasini tark etish oson bo‘lmaganini tan oldi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Arsenal» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes «Nyukasl»dan London klubiga o‘tishi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi sobiq jamoasini tark etish oson bo‘lmaganini tan oldi.
«Men “Nyukasl”dagi kabi mehrni hech qachon his qilmaganman. Jamoani tark etish men uchun juda og‘ir bo‘ldi, ko‘p tunlarni uxlamay o‘tkazdim. Biz o‘rtasida alohida bog‘liqlik bor edi. Umid qilamanki, “Arsenal”da ham shunday mehrga sazovor bo‘laman», — deya Gimaraesning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Saymon Kollings.
Gimaraes 2022-yildan 2026-yilgacha «Nyukasl» sharafini himoya qilgan. Braziliyalik yarim himoyachi o‘tgan yozda «Arsenal»ga ko‘chib o‘tdi.
U London klubi safida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.