Kerrik «Bornmut»ga qarshi o‘yindan so‘ng iste’foga chiqarilishi mumkin
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yaqin kunlarda o‘z lavozimidan ayrilishi mumkin.
Avvalroq «qizil iblislar» Chempionlar ligasi 3-turida «Komo»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
The Touchline nashri xabar berishicha, agar «Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvda «Bornmut»ni mag‘lub eta olmasa, klub rahbariyati Kerrikni iste’foga chiqarish ehtimoli yuqori. Direktorlar kengashi futbolchilarning bosh murabbiyga bo‘lgan ishonchini yo‘qotganini hisoblamoqda. Shuningdek, klubda Karrik vaziyatni o‘zgartirishga qodir ekaniga shubha bilan qaralmoqda.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» allaqachon yangi bosh murabbiy izlashni boshlagan.
Angliya Premer-ligasi 8-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Bornmut» uchrashuvi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.