locale OZ

«Paxtakor» — «An-Nasr» o‘yiniga chiptalar narxi ma’lum bo‘ldi

Uchrashuv soat 18:45 da start oladi.
Futbol
«Paxtakor» — «An-Nasr» o‘yiniga chiptalar narxi ma’lum bo‘ldi
Фото: Пахтакор

Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo Chempionlar ligasi Elit bosqichida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv uchun chiptalar sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

Mazkur bahs 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:45 da start oladi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muxlislar bugundan boshlab o‘yin chiptalarini xarid qilishlari mumkin.

Chiptalar narxi tribunadagi joylashuviga qarab 100 ming, 200 ming, 300 ming, 400 ming va 600 ming so‘m etib belgilangan. CIP toifasidagi chiptalar esa 3 million so‘mdan sotuvga chiqarilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting