Figu: «Mourinyo “Barselona” uchun yaxshi murabbiy bo‘la olardi»
«Barselona» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luis Figu Joze Mourinyo «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lish uchun munosib nomzod bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Mourinyo 1996–2000-yillarda kataloniyaliklar klubida murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
«Mourinyo “Barselona” uchun yaxshi murabbiy bo‘la olardi. Gvardiola tayinlanishidan oldin ham uning nomzodi muhokama qilingan. Balki klubdagilar unda “Barselona”ni boshqarish uchun zarur bo‘lgan fazilatlar bor deb hisoblashgandir.
Men u bilan birga o‘ynagan paytlarimda Mourinyoda hali yetarli tajriba bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo keyinchalik erishgan yutuqlarini hisobga olsak, u shubhasiz, “Barselona” uchun yaxshi murabbiy bo‘la olardi. Chunki unda buning uchun zarur qobiliyat va bilim bor edi.
Agar u klubga qaytganida, “Barselona”ning falsafasini ham, jamoani ham yaxshi bilgan bo‘lardi», — deya Figuning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.