locale OZ

Nmecha APLning uchta top-klubi qiziqish doirasida

U 2023-yil iyul oyidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Nmecha APLning uchta top-klubi qiziqish doirasida
Фото: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchini «Manchester Yunayted», «Liverpul» va Londonning «Tottenxem» klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Ushbu jamoalar Nmecha o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Futbolchining shartnomasida uni transfer qilish uchun 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Ushbu band iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Nmechaning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. U 2023-yil iyul oyidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting