locale OZ

Islom Ahmedov: «Durang ham yomon emas, lekin g'alaba uchun kelgandik»

"Andijon" ustozi "Surxon"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Islom Ahmedov: «Durang ham yomon emas, lekin g'alaba uchun kelgandik»
Фото: Андижон ПФК
O‘zbekiston Superligasi
19.11.2026, Yak.
Surxon
0
Andijon
0

«Surxon» va «Andijon» (0:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Islom Ahmedov qatnashdi.

- O'yin og'ir kechishini bilardik. Sababi, ikkala jamoa ham deyarli bir xil o'rinda edi. Shuning uchun teng kurashlar bo'lishini bilardik. «Surxon» jamoasining to'pni yaxshi nazorat qilishini bilgan holda tayyorgarlik ko'rdik. Baribir xohlaysizmi-yo'qmi, bunday paytda o'yin taqdirini birgina gol ham hal qiladi. Bugun ehtiyotkorlik bilan harakatlandik. Ikkala jamoada ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Lekin foydalana olmadik, yakunda durang bo'ldi. Futbolchilarimiz borini berib mehnat qilishdi, ularga katta rahmat. Andijondan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham minnatdorlik bildiraman.

- O'yin oxirlarida Islom To'xtaxo'jayev maydondan chetlatildi. Shuni hisobga olganda, natijadan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

- Ehtiyotkorlik bilan harakatlandik, shunga qaramay, ko'plab vaziyatlar yarata oldik. Faqat yakunlovchi nuqtani qo'yishda oqsayapmiz. Mag'lubiyatdan ko'ra durang ham yomon emas. Lekin g'alaba uchun kelgandik. Shu bois qoniqish hosil qildim, deb ayta olmayman. Ikkala jamoani mag'lubiyat qoniqtirmasdi, shu bois faqat g'alaba uchun tushgandik.

- Navbatdagi uchrashuv O'zbekiston Kubogi yarimfinali hisoblanadi. «Lokomotiv»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik rejasi qanday olib boriladi?

- Xudo xohlasa, bir kun dam beramiz. Keyin to'planib mashg'ulotlarga kirishamiz. «Lokomotiv» bilan yaqinda ham o'ynadik va o'yinlarni tahlil qilib, yarimfinalga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz», - dedi Ahmedov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting