locale OZ

UFC chempionlik kamariga sobiq da’vogar doping sababli diskvalifikatsiya qilindi

Sportchidan 12-sentabr kuni olingan doping namunasida taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan ostarin aniqlangan.
Boshqa sport turlari
UFC chempionlik kamariga sobiq da’vogar doping sababli diskvalifikatsiya qilindi
Foto: Getty Images

Fransiyalik MMA jangchisi Manon Fioro antidoping qoidalarini buzgani sababli uch oy muddatga sportdan chetlatildi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sportchidan 12-sentabr kuni olingan doping namunasida taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan ostarin aniqlangan. Keyinchalik o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruv esa salbiy natija bergan.

Tergov davomida aniqlangan modda miqdori juda kam bo‘lgani va sportchiga sezilarli ustunlik bermagani inobatga olindi. Shuningdek, fransiyalik jangchining tekshiruv jarayonida mutaxassislar bilan to‘liq hamkorlik qilgani jazo muddatining qisqartirilishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Fioroning diskvalifikatsiya muddati 19-oktabrdan boshlab hisoblanadi. U 2027-yilning 19-yanvaridan boshlab yana oktagonga qaytishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting