Angliyalik futbolchi to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng katta futbolga qaytdi
Angliyaning “Vest Hem” klubi sobiq himoyachisi Ris Oksford uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng professional faoliyatini tiklamoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.
Futbolchi Angliyaning uchinchi divizionida ishtirok etayotgan “Bromli” klubi bilan shartnoma imzoladi. Himoyachi yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Oksford jarohatlar bilan bog‘liq muammolar sababli 2022-yilning noyabridan buyon birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan. Ilgari Angliya futbolining eng istiqbolli iqtidorlaridan biri sifatida e’tirof etilgan futbolchi endilikda faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga urinadi.
Ma’lumot uchun, himoyachi faoliyati davomida “Vest Hem”, “Reding”, Myonxengladbaxning “Borussiya” va “Augsburg” klublari sharafini himoya qilgan.