“Real” va “Barselona” 15 yoshli iqtidor uchun kurash boshladi
Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” klublari Norvegiyaning “Volerenga” jamoasida to‘p surayotgan 15 yoshli hujumchi Gabriel Raykovichni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda DSports nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yosh iqtidorning xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Bavariya”, “Borussiya Dortmund” va “Yuventus” klublari ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish borasida kataloniyaliklar va mankunianliklar raqobatchilariga nisbatan faolroq harakat qilmoqda.
Raykovich joriy yilning mart oyida 15 yosh-u 20 kunligida Norvegiya oliy divizionida debyut qilib, musobaqa tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangan edi. Avgust oyida esa “Bude-Glimt”ga qarshi uchrashuvda o‘zining ilk golini urib, bu borada faqat Martin Edegordan ortda qoldi.
Ma’lumot uchun, Raykovich joriy mavsum Norvegiya chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. OAVda uning transfer qiymati 18 million yevrodan oshishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.