locale OZ

Ronaldu tarixiy natijaga erishish arafasida

Portugaliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan 41 yoshli hujumchi endilikda bor e’tiborini klubdagi o‘yinlariga qaratadi.
Futbol
Ronaldu tarixiy natijaga erishish arafasida
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 1000-golini urishga tobora yaqinlashmoqda. Portugaliyalik futbolchiga ushbu tarixiy marrani zabt etish uchun yana 15 ta gol kerak.

Saudiya Arabistoni chempionatining rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu “Al-Xolud”ga qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda xet-trik qayd etib, professional faoliyatidagi gollari sonini 985 taga yetkazgan.

Portugaliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan 41 yoshli hujumchi endilikda bor e’tiborini klubdagi o‘yinlariga qaratadi. Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 10 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan futbolchi o‘zining navbatdagi uchrashuvini “Al-Ahli”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Har ikki ko‘rsatkich erkaklar o‘rtasidagi milliy terma jamoalar futbolida jahon rekordi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting