Arteta futbolchilariga Fantasy Premier League bo‘yicha taqiq qo‘ydi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa futbolchilariga Fantasy Premier League o‘yinida o‘zlarini yoki jamoadoshlarini tarkibga kiritishni taqiqladi (fc-arsenal.com).
Bunday qaror «Liverpul»ga qarshi muhim uchrashuv oldidan taktik rejalar tasodifan oshkor bo‘lib qolishi bilan bog‘liq.
Ma’lum bo‘lishicha, «Arsenal» vingeri Kristos Tsolis navbatdagi tur oldidan Fantasy Premier League jamoasiga o‘zini kiritibgina qolmay, hatto jamoa sardori etib ham tayinlagan. Bu esa muxlislar va raqiblarga uning asosiy tarkibda maydonga tushishi haqida aniq ishora bergan.
Ispaniyalik murabbiy o‘yinoldi tayyorgarligi va taktik rejalar sir saqlanishiga alohida e’tibor qaratadi. U raqiblarga jamoaning asosiy tarkibi yoki o‘yin sxemasi haqida hatto eng kichik ma’lumot ham oshkor bo‘lishini istamaydi.
Endilikda Fantasy Premier League bo‘yicha belgilangan ushbu taqiqni buzgan jamoa futbolchilari murabbiylar shtabining jiddiy noroziligiga duch kelishi mumkin.