locale OZ

Kapello «Inter»ni keskin tanqid qildi

U “Shakhtyor”ga qarshi bahsdan so‘ng jamoa haqidagi fikrini bildirdi.
Futbol
Kapello «Inter»ni keskin tanqid qildi
Фото: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida “Shakhtyor”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Mashhur murabbiy Fabio Kapello uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib, “Inter”ning o‘yinini tanqid qildi.

«“Inter” uchrashuvni juda sust boshladi. Jamoa past sur’atda o‘ynadi va raqibga bosim o‘tkazmadi. Birinchi bo‘limda darvoza tomon atigi bir marta aniq zarba yo‘lladi. Maydonda 60-daqiqagacha lanj harakat qilgan, kuchsiz “Inter”ni ko‘rdim.

Ularni doimo uchinchi uzatmada harakatlanadigan, faqat o‘yin oxiridagina beshinchi uzatmaga o‘tadigan mashinaga qiyoslash mumkin», — deya Kapelloning so‘zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, “Inter” himoyachi Alessandro Bastonining maydondan chetlatilishidan keyin o‘yinni 10 kishi bo‘lib davom ettirganiga qaramay, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting