Vinisius o‘tgan yozda «Arsenal»ga o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqqan
«Real» klubi ving eri Vinisius Juniorning vakillaridan biri Maykl Yormark braziliyalik futbolchi o‘tgan yozda «Arsenal»ga o‘tish variantini jiddiy ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi.
Biroq yakunda Vinisius Madrid klubida qolishga qaror qildi va «qaymoqranglilar» bilan shartnomasini 2032 yilgacha uzaytirdi.
«U «Arsenal» taklifini jiddiy ko‘rib chiqdimi? Albatta, ha. «Arsenal»dek klub sen uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, o‘zingni haqiqatan ham kerakli futbolchi sifatida his qilishingga sharoit yaratsa, bunday taklifga quloq tutishing tabiiy.
Ammo Vinining qalbi Madridda. U doimo shu yerda bo‘lishni istagan va faoliyatining qolgan qismini ham shu klubda o‘tkazishga umid qilmoqda», — deya Yormarkning so‘zlarini The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida keltirmoqda.