locale OZ

Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining xizmatlariga ushbu mamlakat klublari qiziqish bildirmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni jamoalari 32 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Agar Fernandesning «Old Trafford»dagi vaziyati yomonlashsa, Saudiya Arabistoni klublari uning faoliyatini davom ettirishi uchun jiddiy variantga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Brunu Fernandesh 2020 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting