locale OZ

Aleksis Makallister «Real»ga o'tishi mumkin

Ispaniya grandi argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.
Futbol
Aleksis Makallister «Real»ga o'tishi mumkin
photo: gettyimages

Madridning «Real» klubi 2027 yilgi transfer rejalariga «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni kiritdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya grandi argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.

Xabar qilinishicha, madridliklar Makallister uchun «Liverpul»ga 60 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Argentinalik yarim himoyachi joriy mavsumda mersisaydliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Mak Allisterning hozirgi transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting