locale OZ

Flik: «Klassiko — mutlaqo boshqacha o‘yin»

“Barselona» ustozi «El-klasiko» oldidan bosim haqidagi savolga javob berdi.
Futbol
Flik: «Klassiko — mutlaqo boshqacha o‘yin»
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
25.10.2026, 16.00
Barselona
-
Real Madrid
-

«Barselona» ustozi Hansi Flik «El-klasiko» oldidan bosim haqidagi savolga javob berdi.

«Klassiko — mutlaqo boshqacha o‘yin. Menimcha, bu futbol taqdim eta oladigan eng yaxshi tomoshalardan biri. Barchaning e’tibori shu to‘qnashuvga qaratilgan.

Turli madaniyat va avlod vakillari bo‘lgan millionlab insonlar bu o‘yinni tomosha qilish uchun birlashadi. Bu haqiqatan ham ajoyib. Oxir-oqibat, g‘alaba sizga atigi uch ochko beradi, ammo «El-klasiko»ning ahamiyati bundan ancha katta.

Men uchun bunday voqeaning bir qismi bo‘lish juda ajoyib. O‘yinda ishtirok etayotgan har bir kishi va jamoamning har bir a’zosi qanday futbol o‘ynashni istashimizni yaxshi biladi. Eng muhimi ham shu.

Menimcha, biz tayyormiz. Jamoamga ishonchim juda yuqori va bunga mutlaqo aminman»,-dedi mutaxassis.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting