locale OZ

La Liga. «Real» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Mbappe dubl qayd etdi

Keyingi turda «Real» «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
La Liga. «Real» «Sevilya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Mbappe dubl qayd etdi
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
18.10.2026, Yak.
Real Madrid
4
Sevilya
1

Ispaniya chempionatining 9-turida Madridning «Real» klubi o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qilib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa «qirollik klubi» «Barselona»ga qarshi «el-klasiko» oldidan yirik g‘alabaga erishdi.

«Santyago Bernabeu» stadionida o‘tgan uchrashuvda hisob 30-daqiqada ochildi. Yan Diomande uzatmasidan keyin Arda Gyuler bir tegishda zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

37-daqiqada Kilian Mbappe raqib darvozabonini aldab o‘tib, madridliklarning ikkinchi golini urdi. 63-daqiqada esa fransuz hujumchisi o‘zi ishlab olgan penaltini «panenka» usulida aniq amalga oshirib, dublga erishdi.

80-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Manuel Bueno hisobdagi farqni qisqartirdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, Yan Diomande «Real»ning to‘rtinchi golini kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 4:1.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting