MLS. «Inter Mayami» safarda yutqazib qo‘ydi
Messi zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Futbol
Фото: Getty Images
MLS navbatdagi turi doirasida «Nyu-York Red Bullz» o‘z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Uchrashuv Harrisondagi «Red Bull Arena»da bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida Emil Forsberg gol urdi, «Inter Mayami»ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro esa o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
«Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 56-daqiqada maydonga tushirildi. Shuningdek, ushbu bellashuvda Luis Suares ham ishtirok etdi — urugvaylik futbolchi bahsni asosiy tarkibda boshladi.