locale OZ

Elit OChL. «Neftchi» — «Al Ittihod» bahsiga hakamlar tayinlandi

Uchrashuv bosh hakami etib iordaniyalik Adham Muhammad Tumah Mahadme tayinlandi.
Boshqa sport turlari
Elit OChL. «Neftchi» — «Al Ittihod» bahsiga hakamlar tayinlandi
Фото: Getty Images

OFK Chempionlar Ligasi Elitasi musobaqasining 3-turi doirasidagi «Neftchi» — «Al Ittihod» bahsi uchun rasmiylar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Neftchi» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv bosh hakami etib iordaniyalik Adham Muhammad Tumah Mahadme tayinlandi. Unga vatandoshlari Muhammad Mustafa Hasan Alkalaf va Ahmad Muannes Nadi Alroalle yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Muhammad Mufid Nosir G‘aboyin bajaradi.

VAR hakami sifatida qatarlik Xamis Muhammad S. A. al-Marri, uning yordamchisi sifatida esa Juma Muhammad K. H. al-Burshaid ishlaydi. O‘zbekiston vakili Sherali Janaliyev VAR axborot xizmati xodimi sifatida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv komissari etib qatarlik Rashid Mahbub Xon B al-Dosari, hakamlar inspektori sifatida esa eronlik Esmaeil Safiri tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» va «Al Ittihod» o‘rtasidagi bahs 26-oktabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida soat 18:45 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting