locale OZ

Fabregas «Barselona»ning kelajakdagi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.
Futbol
Fabregas «Barselona»ning kelajakdagi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Фото: Getty Images

Italiyaning «Como» klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Barselona»da Hans-Diter Flikning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Fabregas kataloniyaliklar bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod hisoblanmoqda. Biroq ispaniyalik mutaxassisning yaqin orada tayinlanishi kutilmayapti. «Barselona» uni Flik jamoani tark etishga qaror qilgan taqdirda, kelajakdagi ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

«Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar joriy mavsumda o‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

25 oktabr kuni Flik shogirdlarini Madridning «Real» klubiga qarshi muhim bahs kutmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting