locale OZ

Diash «Siti»ning mag‘lubiyati haqida gapirdi

«Shaharliklar» uchun esa bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi.
Futbol
Dias «Siti»ning mag‘lubiyati haqida gapirdi
Фото: Getty Images

Angliyaning «Manchester Siti» klubi sardori Ruben Diash jamoasining safarda «Aston Villa»ga yutqazib qo‘yganiga izoh berib o‘tdi.

«Alam qilmoqda, sababi biz juda ko‘p kurashdik. Birinchi bo‘limning 10-15 daqiqasida o‘yinga kirishib olish uchun bizga vaqt kerak bo‘ldi. Ular maydondagi joylashuvini o‘zgartirdi va bunga moslashish uchun vaqt ketdi. Shunda ham biz kurashdik, vaziyatlar yaratdik, raqib esa ikki bor hujumga o‘tib, 2 ta gol urib ketdi. Juda ham samarali. Ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan narsalar bor, biz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz zarur», - dedi Diash.

Eslatib o‘tamiz, APL 8-turi doirasida o‘tkazilgan bahs birmingemliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Shaharliklar» uchun esa bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting