O‘zbekistonlik yosh sambochilar Qozog‘istondagi xalqaro turnirda 4 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Turnir yakuniga ko‘ra, yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Boshqa sport turlari
Фото: SAMBO ASSOCIATION OF UZBEKISTAN
Qozog‘istonning Olmaota shahri sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi "Elmereк baba" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.
Musobaqada Abdushukur To‘xtapo‘latov boshchiligidagi o‘zbekistonlik yosh sambochilar ham ishtirok etishdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Baxtiyor Qaldibayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadali Pardayev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ro‘zmat Mo‘ydinjonov va Mirzaunar Po‘latov bronza medali bilan yurtimizga qaytishdi.