locale OZ

Dushanbe Grand Prix Juniors. Ikkinchi kun - o‘rta va og‘ir vaznlilar kurashi

Bu haqda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Dushanbe Grand Prix Juniors. Ikkinchi kun - o‘rta va og‘ir vaznlilar kurashi
Фото: Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Hoji Sharif Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Dunyoning o‘n to‘qqiz davlatidan kelgan dzyudochilar o‘rta va og‘ir vazn toifalarida medallar uchun bahs olib boradi. O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ham belgilangan vaznlarda tatamiga chiqadilar.

Bugungi murosasiz bellashuvlarda yosh dzyudochilarimizga omad va g‘alaba yor bo‘lsin. Kunduzgi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.

Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:

-81 kg: Sa’dulla Ravshanov – Suhrobjon Kamolov (Tojikiston)
-81 kg: Oybek Ahmedov – Yoshido El Saykali (Livan)
-90 kg: Dilshod Nashirov – Pansher Mo‘minov (Tojikiston)
-90 kg: Bilolbek Abdug‘afforov – Muhammadjon Yusupov (Tojikiston)
-100 kg: Musurmonqul Ahrorov – Apti Utsiyev (Rossiya)
-100 kg: Muhammadobid Mahmarayimov – Janpolad Aliyev (Ozarbayjon)
+100 kg: Alibek Durdiyev – Ramazan Ahmadov (Ozarbayjon)
+100 kg: Namozbek Abdusattorov – Iliya Suxinin (Qirg‘iz Respublikasi)

QIZLAR
-70 kg: Durdona Tursunova – Keti Robakidze (Gruziya)/Baxtiniso Sayfulloyeva (Tojikiston)
-70 kg: Poshshajon Jumaboyeva – Azima Konokbayeva (Qirg‘iz Respublikasi)
-78 kg: Shoira Aminova – Erdenebat Buyan-Ulzi (Mo‘g‘uliston)/Elnora Salimova (O‘zbekiston)
+78 kg: Zarina Bobonazarova – Aimzada Dumankizi (Qozog‘iston)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting