locale OZ

La Liga. «Vilyarreal» 90+6-daqiqadagi gol evaziga «Valensiya»dan ustun keldi

«Mestalya»dagi bellashuvda har ikki jamoadan bir nafardan futbolchi maydondan chetlatildi.
Futbol
La Liga. «Vilyarreal» 90+6-daqiqadagi gol evaziga «Valensiya»dan ustun keldi
photo: gettyimages
Ispaniya La Ligasi
24.10.2026, Yak.
Valensia
1
Villarreal
2

Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Valensiya» va «Vilyarreal» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Mestalya» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab 38-daqiqasida «ko‘rshapalaklar» himoyachisi Pepelu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 69-daqiqada «Vilyarreal» futbolchisi Aleks Frimen muvozanatni tikladi. 79-daqiqada mehmonlar yarimhimoyachisi Guye qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 90-daqiqada esa mezbonlar safida Elliott ham chetlatildi. Har ikki jamoa bir kishi kam bo‘lib qolgan bahsning 90+6-daqiqasida Jorj Mikautadze g‘alaba golini kiritdi — 2:1.

Ushbu g‘alabadan keyin «Vilyarreal» 12 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy oldi. «Valensiya» esa 6 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

La Liga. 10-tur
Valensiya — Vilyarreal 1:2
Gollar:
Pepelu 38 penalti – Frimen 69, Mikautadze 90+6.
Valensiya – Stole Dimitriyevski, Pablo Maffeo (Duro, 77), Sesar Tarrega, Yusti de Xas, Gayya, Luis Rioxa, David Otorbi (Raba, 14, Elliot 70), Gido Rodriges, Pepelu, Xavi Gerra (Martines, 70), Arno Danjuma.
Vilyarreal – Peter Gulachi, Renatu Veyga, Santyago Mourinio, Xuan Foyt (Moleyro, 65), Aleks Frimen, Teyjon Byukenen, Karlos Masiya, Pep Guye, Ilyas Axomash (Kardona, 65), Ayose Peres (Mikautadze, 66), Jerard Moreno (Komesanya, 82).
Chetlatish: Elliot 90 – Guye 79.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting