La Liga. «Barselona» mehmonda 10 kishi qolgan «Betis»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
La Liga. «Barselona» mehmonda 10 kishi qolgan «Betis»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Rodri kataloniyaliklar safida debyut golini urdi. Jarohat sabab safdan chiqqan Rafinya maydonga qaytdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Flik jamoasi peshqadamlikni yanada mustahkamladi.
Ispaniya chempionatining 9-turida «Barselona» mehmonda «Betis» bilan bellashdi. Gollar shousiga aylangan bahsda kataloniyaliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yamal, Rodri, Jezus, Erik Garsiya va Olmo «Barselona» cafida gol urdi. Bernal 60-daqiqada maydondan chetlatildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Flik jamoasi 27 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Betis» esa 19 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda.
La Liga. 9-tur
Betis — Barselona 2:5
Gollar: Gomes 27, Abde 53 – Yamal 10, Rodri 41, Jezus 51, Erik Garsiya 62, Olmo 81.
Betis — Vallas, Bellerin (Ortiz, 70), Lorente, Gomes, Fran Garsiya, Bernal, Seballos (Deossa, 46), Fornals (Fidalgo, 70), Lo Chelso (Rikelme, 64), Abde, Gucho Ernandes (Perrott, 64).
Barselona — Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Jerar Martin, Espart, Pedri, Fermin Lopes (Olmo, 62), Rodri, Jezus (Gavi, 80), Adeyemi (Gordon, 62), Yamal (Rafinya, 70).
Chetlatish: Bernal 60.