\"Real\" 2027 yil yozida himoya chizig‘ida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi
"Real" yana bir markaziy himoyachisi Raul Asensioni sotish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Futbol
photo: gettyimages
"Real" 2027 yil yozida himoya chizig‘ida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
Madridning "Real" klubi 2027 yilgi yozgi transferlar davrida himoya chizig‘ini kuchaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Jamoa rahbariyati yangi markaziy himoyachi xarid qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lum qilishicha, bunday qarorga Antonio Ryudigerning klubdan ketishi sabab bo‘lmoqda. Nemis futbolchisining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va madridliklar u bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmayapti.
Bundan tashqari, "Real" yana bir markaziy himoyachisi Raul Asensioni sotish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.