Ronaldinyo «Ravenna» bilan ilk mashg‘ulotda qatnashdi va Endrik haqida fikr bildirdi
Braziliya futboli afsonasi Ronaldinyo professional futbolga qaytish arafasida. 45 yoshli sobiq futbolchi Italiyaning «Ravenna» klubi safidagi debyut uchrashuvi oldidan jamoa bilan so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok etdi.
Ronaldinyoning maydonga qaytishi 16 noyabr kuni Italiya C Seriyasi doirasida «Forli»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan derbi uchrashuviga rejalashtirilgan.
«Ravenna» muxlislari afsonaviy braziliyalik futbolchining jamoa mashg‘ulotida ishtirok etishini katta hayajon va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olishdi.
Shuningdek, Ronaldinyo La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida braziliyalik yosh hujumchi Endrikning salohiyati haqida ham fikr bildirdi.
«U, shubhasiz, Italiya A Seriyasi darajasidagi futbolchi. Endrik istalgan chempionatda o‘ynay oladigan iqtidor sohibi.
U Fransiya, Braziliya va Ispaniya chempionatlarida to‘p surdi hamda barcha joyda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi.
Endrik hali juda yosh. Shubhasiz, u kelajakda ham ajoyib natijalarga erishishga qodir», — deya Ronaldinyoning so‘zlarini keltirmoqda Forzaroma.info.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo futbolchilik faoliyati davomida Italiya A Seriyasida «Milan» sharafini himoya qilgan.