\"Strasbur\" \"Chelsi\" himoyachisini ijaraga oladi
Photo: Getty Images
"Strasbur" Londonning "Chelsi" klubi bilan himoyachi Mamadu Sarrni ijaraga olish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Sarr yaqinda "Chelsi" bilan 8 yillik shartnoma imzoladi, biroq u 2025/26 yilgi mavsumni Fransiyada o‘tkazadi. Futbolchini ijaraga olish bosh murabbiy Liam Rosenyor strategiyasi doirasida kelishib olindi, u Sarrni himoyadagi muhim futbolchi deb hisoblaydi.
Avvalroq Sarr uchun “Vest Hem” jamoasi ham qiziqish bildirgandi. Biroq u “Strasbur”da davom ettirishga qaror qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor