locale OZ

Sancho «Xetafe»ga o'tish uchun maoshini keskin kamaytirishiga to'g'ri keladi

Hozircha 26 yoshli futbolchi «Xetafe»ga o'tish imkoniyatini rad etmagan.
Futbol
Sancho «Xetafe»ga o'tish uchun maoshini keskin kamaytirishiga to'g'ri keladi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Jeydon Sancho Ispaniyaning «Xetafe» klubiga erkin agent sifatida o'tmoqchi bo'lsa, maosh bo'yicha talablarini sezilarli darajada pasaytirishiga to'g'ri keladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, «Xetafe» angliyalik futbolchiga haftasiga taxminan 12 ming yevro atrofida maosh taklif qilishga tayyor. Vaholanki, Sancho «Manchester Yunayted» safida o'ynagan paytida haftasiga 300 ming yevro atrofida ishlab topgan.

Hozircha 26 yoshli futbolchi «Xetafe»ga o'tish imkoniyatini rad etmagan. Biroq u yakuniy qaror qabul qilishdan oldin jamoa bosh murabbiyi Xose Bordalas bilan suhbatlashmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Jeydon Sancho avvalroq «Manchester Yunayted»dan ijara asosida «Aston Villa» safida to'p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting