Neymar faoliyatidagi eng yaxshi jamoani aytdi
«Santos» hujumchisi Neymar faoliyatidagi eng yaxshi davri «Barselona»da emas, «PSJ»da o‘tgan deb hisoblaydi.
«Men uchun faoliyatimdagi eng yaxshi davr «PSJ»ga qo‘shilganimdan keyin boshlandi. Odamlar «Barselona»dagi vaqtimni, Messi va Suares bilan birgalikda tuzgan MSN uchligimizni hamda jamoa bilan erishgan yutuqlarimni eslashlarini bilaman. Shunga qaramay, Neymar faoliyatidagi eng yaxshi darajaga aynan «PSJ»da chiqqan deb o‘ylayman. O‘sha paytda kuchim, tezligim va o‘yin tafakkurimdan zavqlanardim. Maydondagi barcha jihatlarni yaxshiroq tushuna boshlagandim», — dedi hujumchi.
Ma’lumot uchun, Neymar «Barselona» safida 186 ta o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatma bergan. «PSJ» tarkibida esa 173 ta bahsda maydonga tushib, 118 ta gol va 80 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.