«Barselona» va «Real»ning so‘nggi beshta «El-Klasiko»dagi natijalari
Bugun, 25-oktabr kuni Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida «Barselona» va «Real» o‘zaro bahs olib boradi. «Spotify Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26-oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. Bosh hakam — Xuan Martines Munuera.
Jamoalarning o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsi natijalari:
10.05.2026, La Liga, 35-tur: «Barselona» — «Real» 2:0;
11.01.2026, Ispaniya Superkubogi, final: «Barselona» — «Real» 3:2;
26.10.2025, La Liga, 10-tur: «Real» — «Barselona» 2:1;
11.05.2025, La Liga, 35-tur: «Barselona» — «Real» 4:3;
26.04.2025, Ispaniya kubogi, final: «Barselona» — «Real» 3:2.
Ma’lumot uchun, ushbu beshta bahsning to‘rttasida «Barselona» g‘alaba qozongan, «Real» esa bir marta ustun kelgan.