Superliga. OKMK «Qo‘qon-1912»ga qarshi 90+2-daqiqada g‘alabani ilib ketdi
Ushbu natijadan so‘ng OKMK 42 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Фото: ОКМК
Superliganing 25-turida OKMK o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
22-daqiqada Mirjamol Qosimov Abubakr Rizo Turdialiyev uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 86-daqiqada Shohrux Gadoyev Elbekjon Yo‘lchiyevning uzatmasidan keyin muvozanatni tikladi. Biroq 90+2-daqiqada Siyovash Haqnazari OKMKga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Ushbu natijadan so‘ng OKMK 42 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 23 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.
Superliga. 25-tur
OKMK — Qo‘qon-1912 2:1
Gollar: Qosimov 22, Haqnazari 90+2 — Gadoyev 86.
Chetlatish: Hakimov (45+4).