Ikardi Rossiya chempionatida o‘ynashi mumkin
33 yoshli Ikardi ayni paytda erkin agent hisoblanadi.
Futbol
Фото: Getty Images
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Letterio Pino bu haqda Sport24 nashriga ma’lum qildi.
«Agar munosib taklif tushsa, Rossiya Mauro faoliyatini davom ettirishi uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Rossiyaning top-klublaridan biriga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqyapmiz», — dedi agent.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Ikardi ayni paytda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Istanbulning «Galatasaroy» klubi bo‘lgan. Argentinalik hujumchi faoliyati davomida Milanning «Inter» va Fransiyaning «PSJ» klublarida ham o‘ynagan.