Superliga. «Andijon» so‘nggi daqiqalarda «Dinamo»dan ochko tortib oldi
O‘yinda kuchlar teng keldi.
Futbol
Фото: Динамо ПФК
Superliganing 25-turida «Dinamo» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi. Bahsning 85-daqiqasida Ulug‘bek Abdullayev samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi.
Biroq «Andijon» o‘yin oxirida hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqada Usmonali Ismonaliyev gol urib, «burgutlar»ga bir ochko olib keldi.
Ushbu natijadan so‘ng har ikki jamoaning ochkolari 31 taga yetdi. «Andijon» turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi, «Dinamo» esa 10-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 25-tur
Dinamo — Andijon 1:1
Gollar: Abdullayev 85 — Ismonaliyev 90+2.
Ogohlantirishlar: Toirov 76, Xoldorxonov 84.