Kurtua «El-Klasiko» oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi
Futbolchi gripp bo‘lib qolgan.
Futbol
Фото: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
25.10.2026, 16.00
Barselona
-
Real Madrid
-
“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua gripp bilan kasallangani sababli Ispaniya chempionatining 10-turida “Barselona”ga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etmaydi.
“Kurtua gripp tufayli bugun bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionatining “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvi uchun tarkibdan so‘nggi daqiqada chiqarildi”, deyiladi klub bayonotida.
“El-Klasiko” bugun, 25-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Kurtua 2018-yildan buyon “Real Madrid” sharafini himoya qilib kelmoqda.