locale OZ

Rafinya «Real»ning asosiy kuchlari sifatida Vinisius va Valverdeni e’tirof etdi

Braziliyalik futbolchi raqib o‘yinchilari haqida fikr bildirdi
Futbol
Rafinya «Real»ning asosiy kuchlari sifatida Vinisius va Valverdeni e’tirof etdi
Фото: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya Madridning «Real» klubida Vinisius Junior va Federiko Valverde jamoaning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ekanini ta’kidladi.

«Federiko va Vinisius — “Real”ning harakatlantiruvchi kuchlari. Ular jamoa manfaatlari yo‘lida ko‘p mehnat qiladigan va qaysi pozitsiyada o‘ynashidan qat’i nazar, bor kuchini safarbar etadigan futbolchilar.

Fede yarim himoyadan hujumlarga qo‘shilishi mumkin. Shuningdek, u qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynaganida ham jamoaga ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. U, shubhasiz, ajoyib futbolchi. Valverde yarim himoyada yuqori saviyada o‘ynaydi, qanotlarda ham o‘zini ko‘rsata oladi», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Tribuna nashri.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting