locale OZ

Panichelliga ko‘plab jamoalar qiziqish bildirmoqda

Transfermarkt ekspertlari Joaquin Panichellining narxini 12 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Panichelliga ko‘plab jamoalar qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, "Strasburg" hujumchisi Joaquin Panichelli Yevropaning nufuzli klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.

Manbada aytilishicha, 23 yoshli futbolchiga “Milan” va “Chelsi” jamoalari jiddiy tarzda qiziqmoqda.

Argentinalik forvard joriy mavsumni yaxshi boshladi va Liga 1ning 8 o‘yinida 7 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shuningdek, hujumchiga "RB Leyptsig", "Sevilya" va "Benfika" klublari da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining transferi yanvar oyida ochiladigan qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin. Transfermarkt ekspertlari Joaquin Panichellining narxini 12 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting